FOYDALANISH SHARTLARI (TERMS OF SERVICE)

Sana: 02.03.2026

Ushbu Foydalanish shartlari smmupx.com saytidan foydalanish tartibini belgilaydi. Saytda ro‘yxatdan o‘tish va xizmatlardan foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga to‘liq rozilik bildirasiz.

Agar ushbu shartlarga rozi bo‘lmasangiz, saytdan foydalanmang.


1. Umumiy qoidalar

1.1. smmupx.com — ijtimoiy tarmoqlar uchun SMM xizmatlarini taqdim etuvchi onlayn platforma.
1.2. Saytdan foydalanish faqat qonuniy maqsadlarda amalga oshirilishi kerak.
1.3. Foydalanuvchi buyurtma berishda to‘g‘ri va haqiqiy ma’lumot kiritishi shart.


2. Xizmatlardan foydalanish shartlari

2.1. Foydalanuvchi buyurtma berishdan oldin buyurtma tafsilotlarini (link, miqdor va boshqalar) to‘g‘ri kiritishi shart.
2.2. Noto‘g‘ri yoki xato kiritilgan ma’lumotlar sababli yuzaga kelgan muammolar uchun sayt ma’muriyati javobgar emas.
2.3. Buyurtma berishda faqat o‘zingizga tegishli yoki foydalanishga ruxsat berilgan sahifa, akkaunt yoki kontentdan foydalanishingiz kerak.


3. Boshqa shaxslarga zarar yetkazmaslik

3.1. Foydalanuvchi sayt xizmatlaridan foydalanish orqali boshqa shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga zarar yetkazmasligi shart.
3.2. Har qanday noqonuniy, zararli, aldov yoki uchinchi shaxs huquqlarini buzuvchi harakatlar taqiqlanadi.
3.3. Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan har qanday noqonuniy faoliyat uchun sayt ma’muriyati yoki asoschilari javobgar hisoblanmaydi.


4. Javobgarlikni cheklash

4.1. smmupx.com faqat xizmatni taqdim etadi. Foydalanuvchining xizmatdan qanday foydalanishi uchun sayt ma’muriyati javob bermaydi.
4.2. Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun sayt ma’muriyati yoki asoschilari javobgar emas.
4.3. Ijtimoiy tarmoqlar tomonidan akkaunt bloklanishi, cheklanishi yoki boshqa sanksiyalar qo‘llanishi uchun sayt javob bermaydi.


5. To‘lovlar va moliyaviy javobgarlik

5.1. Saytda amalga oshirilgan barcha to‘lovlar avtomatik tizim orqali qayta ishlanadi.
5.2. Agar to‘lov tizimi (bank, to‘lov operatori va boshqalar) tomonidan texnik xatolik yuz bersa va bu sayt tizimi bilan bog‘liq bo‘lmasa, sayt ma’muriyati javobgar emas.
5.3. Noto‘g‘ri to‘lov rekvizitlari yoki foydalanuvchi xatosi sababli yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar uchun sayt javob bermaydi.


6. Buyurtmalar va kafolat

6.1. Buyurtma bajarilish muddati xizmat turiga qarab farq qilishi mumkin.
6.2. Xizmatlar virtual mahsulot hisoblanadi va aksariyat hollarda qaytarib berilmaydi.
6.3. Buyurtma jarayoni boshlanganidan keyin uni bekor qilish imkoni bo‘lmasligi mumkin.


7. Akkount xavfsizligi

7.1. Foydalanuvchi o‘z login va parolini sir saqlashi shart.
7.2. Akkount orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar foydalanuvchining o‘z javobgarligida hisoblanadi.


8. Qo‘llab-quvvatlash va aloqa

Savollar, muammolar yoki hamkorlik bo‘yicha quyidagi manzillar orqali bog‘lanishingiz mumkin:

? Email: smmupx@gmail.com
? Telegram kanal: @smmupx
? Telegram bot: @smmupxbot
?‍? Telegram support: @smmupx_support


9. Rozilik

Ro‘yxatdan o‘tish orqali siz ushbu Foydalanish shartlari bilan tanishib chiqqaningizni va ularga to‘liq rozilik bildirganingizni tasdiqlaysiz.


10. Xizmat natijalari bo‘yicha kafolat cheklovi

11.1. smmupx.com tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar ijtimoiy tarmoqlarning ichki algoritmlariga bog‘liq.
11.2. Obunachilar soni, ko‘rishlar, layklar yoki boshqa ko‘rsatkichlarning vaqt o‘tishi bilan kamayishi (drop) mumkin.
11.3. Ijtimoiy tarmoq siyosati o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan natijalar uchun sayt javobgar emas.


11. Uchinchi tomon xizmatlari

12.1. Sayt xizmatlari uchinchi tomon servislaridan foydalanishi mumkin.
12.2. Uchinchi tomon platformalari (Instagram, Telegram, YouTube va boshqalar) tomonidan qo‘llanilgan cheklovlar uchun sayt javob bermaydi.
12.3. Foydalanuvchi ushbu platformalarning o‘z qoidalariga rioya qilishi shart.


12. Hisobni bloklash huquqi

13.1. Sayt ma’muriyati quyidagi holatlarda foydalanuvchi akkauntini vaqtincha yoki butunlay bloklash huquqiga ega:

  • Qoidabuzarlik aniqlansa

  • Firibgarlik holati aniqlansa

  • To‘lov bilan bog‘liq shubhali harakatlar aniqlansa

  • Boshqa foydalanuvchilarga zarar yetkazilsa

13.2. Bloklangan akkaunt bo‘yicha mablag‘lar qaytarilmasligi mumkin.


13. Spam va noqonuniy faoliyat taqiqi

18.1. Sayt orqali spam, siyosiy manipulyatsiya, soxta ma’lumot tarqatish yoki noqonuniy reklama buyurtma qilish taqiqlanadi.
18.2. Bunday holat aniqlansa, akkaunt bloklanadi va mablag‘ qaytarilmaydi.


14. Qaytarish (Refund) siyosati

19.1. Saytdagi hisobga to'dirilgan pullar qaytarilmaydi.
19.2. Agar xizmat umuman bajarilmagan bo‘lsa, balansga qaytariladi.
19.3. Bank yoki to‘lov tizimi komissiyalari qaytarilmaydi.


25. Yakuniy qoidalar

20.1. Foydalanuvchi sayt xizmatidan foydalangan holda barcha xavflarni o‘z zimmasiga oladi.
20.2. Sayt ma’muriyati foydalanuvchi faoliyati natijasida yuzaga kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita zararlar uchun javobgar emas.